Andijonda oyog‘i kombaynga kirib ketgan erkak reanimatsiyada vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida yotgan Shuhratbek Abduqahhorov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 9 noyabr kuni Shuhratbek Abduqahhorov Jalaquduq tumanida kombaynga oyoqlari kirib ketishi oqibatida olgan jarohati tufayli jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor 10 noyabr kuni vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, marhumning o‘limi kelib chiqish sababini to‘liq hajmda o‘rganib chiqish uchun sudga oid komissiyaviy ekspertiza tayinlangan. Bundan tashqari, mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan yoki etilmaganligi holati yuzasidan Mehnat xavfsizligi ekspertizasi tayinlangan.

Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing