Andijonda ona-bola tomonidan kaltaklangan suv ta’minoti idorasi xodimi mojaroni o‘zi boshlagani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq Andijon viloyatining Izboskan tumanida suv ta’minoti korxonasi xodimi qarzdor fuqaro va uning onasi tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Tuman IIB holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 12 aprel kuni jabrlanuvchi A.S. tumanning “Toshloq” MFY, Adolat-1 ko‘chasida yashovchi qo‘shnisi 1976 yilda tug‘ilgan N.M.ni (ayol kishi) haqorat qilgani holati yuzasidan murojaat kelib tushgan. Bu bo‘yicha Izboskan tumani IIB xodimi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirib, belgilangan muddatda sud muhokamasiga taqdim etilgan. Holat yuzasidan 17 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tumani sudi tomonidan A.S.ga nisbatan BHMning yarim barobari (135 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shundan so‘ng A.S. 23 may kuni yana qo‘shnisi  N.M.ning xonadoniga soat 19:30 lar chamasida borib (A.S. holat yuzasidan bergan ko‘rsatmasida N.M.ning xonadoniga mast holatda borganligini bayon etgan), iste’molchi tomonidan foydalangan toza ichimlik suvidan 625 ming so‘mlik qarzdorligi bo‘yicha talabnomani berib, uni ayollik shaxsiyatini kamsitib, janjallashib turgan vaqtida ularni ajratish uchun kelgan N.M.ning o‘g‘li M.M. onasiga nisbatan A.S.tomonidan qilayotgan muomalasiga chidolmasdan uni yuz qismiga mushti bilan bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Holat shu kuni Izboskan tumani IIBning Shakl-1 kitobidan 1011-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Hozirda to‘plangan hujjatlar hamda sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan sud muhokamasiga taqdim qilish chorasi ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

suv Andijon

Baholaganlar

566

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing