Andijonda Nexia’ning gaz balloni portladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 fevral kuni Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, “Xidirsha” MFY hududida joylashgan “gaz zapravka”da Nexia rusumli transport vositasi gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqida IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea soat 09:45 larda sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shoxobcha “Xolis tafakkur” MCHJga, Nexia esa “Shukurullo vodiy trans” MCHJga tegishli bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, portlash avtomashinaning metallo kompozitli (skoch) gaz ballonining kompozit qismi shilib olinib, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilganligi sabab kelib chiqqan.

“Portlash oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan. Nexia hamda fuqaro N.O‘.ga tegishli bo‘lgan Spark rusumli transport vositalari texnik shikastlangan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon gaz balloni portladi

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing