Andijonda “Nexia-2”ning gaz baloni portlab ketdi
Jamiyat
−
16 Dekabr 2019 14578 1 daqiqa
Andijon viloyatida “Nexia-2” rusumli avtomobilning gaz baloni portlashi oqibatida haydovchi jarohat oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil, 16 dekabr kuni soat taxminan 12:00 da Andijon tumani Jahonobod MFY hududida joylashgan “Shodlik” ishonch serviz MCHJga tegishli gaz quyish shahobchasida “Nexia-2” rusumli avtomashinaning gaz balonida portlash sodir bo‘lgan. Natijada haydovchi X.K tan jarohati olgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlash sabablari aniqlanmoqda.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Sarvar Anvar o‘g‘li
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr