Andijonda massajxonadan fohishaxona sifatida foydalangan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Andijon shahrida massajxona niqobi ostida intim xizmat ko‘rsatib, nopok ish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilganda 1989 yilda tug‘ilgan ayol Andijon shahrida massajxona niqobi ostida mijozlarga turli intim xizmatlar ko‘rsatib kelayotgani aniqlangan.

Ushbu shaxs qo‘l ostidagi ikki nafar ayolga mijozlar bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berib, ularning har biridan 400 ming so‘mdan, jami 800 ming so‘m pul olganida ushlangan.

Holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

fohishaxona

Baholaganlar

704

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing