Andijonda mansabdor shaxs 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati, Asaka tumanida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mansabdor shaxsi fermer xo‘jaligi vakilidan 10 ming dollar pora olayotganda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.    

“Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi xamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlarini huquqlarini himoya qilish borasida “Q.E.” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi X.X.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Asaka tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi B.M., ariza muallifi X.X.dan, fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 44 ga. yer maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq ekilmaganligini ro‘kach qilib, ushbu yerni olib qo‘yish bilan qo‘rqitgan. 

Mas’ul shaxs X.X.dan ta’magirlik yo‘li orqali 10 ming AQSH dollari talab qilgan. U pullarni agroinspeksiyaning ma’muriy binosi yonida “Qassobxona” sotuvchisi orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazur holat yuzasidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya pora Bosh prokuratura

Baholaganlar

656

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing