Andijonda kuchli sel. Oqib ketgan 2 nafar yosh bola halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Xonobod shahriga kuchli sel kelishi oqibatida 2 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 6 may kunidan 7 may kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 lardan 03:30 larga qadar Andijon viloyati Xonobod shahrining “Teyit” va “Xidirsha” MFYlarida kuchli sel kelishi tufayli 700 ga yaqin xonadon zararlangan.

Yog‘ingarchilik sababli “Qirg‘iz ariq” kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan 2013 va 2018 yilda tug‘ilgan farzandlari selda oqib ketib vafot etgan. 

Hozirda tabiiy ofatni bartaraf etish uchun Andijon viloyati IIB YXXB xodimlari tomonidan zarur kuch va vositalar hamda maxsus texnikalar jalb etilmokda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

329

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing