Andijonda koronavirus yuqtirganlarning 78 nafari tibbiyot xodimi – Shuhrat Abdurahmonov

Jamiyat

image

Kecha, 12 aprel kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat sabab viloyat aholisiga murojaat yo‘lladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Shuhrat Abdurahmonov murojaat vaqtida Andijonda koronavirusga chalingan 90 nafar bemorning 78 nafari tibbiyot xodimlari ekanini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq, Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan viloyat aholisiga murojaat yo‘llagandi. U bemorlar orasida virusni qayerdan yuqtirganini bilmadiganlari ham borligini aytib, ogohlikka chaqirdi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 896 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 66 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat Abdurahmonov Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing