Andijonda Qirg‘izistondan qariyb 10 kilo “gashish” tashigan kurerlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
10:24 1102 1 daqiqa
O‘zbekistonda Qirg‘iziston orqali giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan kurerlar qo‘lga olindi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi qo‘shma maxsus operatsiya o‘tkazgan. Operatsiya natijasida Afg‘onistondan keltirilgan yirik miqdordagi narkotiklarni Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga kontrabanda qilish bilan shug‘ullangan xalqaro jinoiy guruh faoliyati to‘xtatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyida O‘zbekistonning Andijon viloyati Bo‘ston tumanida qirg‘iz va o‘zbek huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan O‘zbekiston fuqarolari A.A.P. (1996 yilda tug‘ilgan), D.Z.P. (1990 yilda tug‘ilgan), D.R.N. (1980 yilda tug‘ilgan) va Sh.Sh.T. (1981 yilda tug‘ilgan) qo‘lga olingan.
Qo‘lga olinganlar Nexia avtomashinasida harakatlanayotgan bo‘lgan. Tekshiruvi davomida ulardan 9 kilogramm 444 gramm “gashish” moddasi topilgan.
Qo‘lga olinganlar vaqtincha hibsga olingan. Hozirda tergov doirasida jinoyatga aloqador boshqa shaxslar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida qo‘shni davlatdan kelgan ikki nafar fuqaro 796 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini “Jartepa” chegara bojxona postidan noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangandi.
Live
Barchasi