Andijonda qariyb 706 mlnlik “uchiruvchi” dorilar to‘xtatib qolindi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Paxtaobod tumani markazida Lacetti avtomobili yo‘lovchisi xorijda ishlab chiqarilgan 20 ming 160 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib ketayotganda ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot kotibi Husan Tangriyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyat bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Paxtaobod tumani markazida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

“Tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan Lacetti avtomobilida yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli 2 dona  qop belgilangan tartibda ochib ko‘rildi. Natijada ushbu qoplarda xorijda ishlab chiqarilgan 20 ming 160 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi”, deydi Husan Tangriyev.

Uning ta’kidlashicha, bojxona rasmiylashtiruvini va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, shuningdek saqlash hamda tashish qoidalariga rioya qilinmagan holda olib ketilayotgan mazkur dorilarning umumiy qiymati  705 mln 600 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Bojxona qo'mitasi

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing