Andijonda qalbaki hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Andijon shahrida qonunga xilof ravishda haydovchilik guvohnomalari, ishonchnomalar va boshqa transport vositalarini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni kompyuter va rangli printer yordamida qalbakilashtirish bilan shug‘ullanayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Tezkor ma’lumotga asosan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida O. ismli fuqaro Andijon shahrida yashovchi muqaddam 4 marotaba Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sudlangan U.O bo‘lib chiqdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi bilan hamkorlikda shu yilning 27 oktyabr kuni U.O.ning xonadoni tekshirildi. Tekshirish davomida 1 dona “ACER” rusumli noutbuk, 1 dona “CANON” rusumli printer, 1 dona “EPSON” rusumli rangli printer, 8 ta qalbaki ishonchnoma blankalari, 9 nafar fuqaroning pasport nusxalari, 3 ta avtomashinalarni texnik qayd etish guvohnomalari, 1 ta transport vositasini oynalarini qoraytirish uchun ruhsatnoma blankasi, hujjatlarni qalbakilashtirishda foydalaniladigan kanselyariya buyumlari hamda 16 gegabayt xotiraga ega bo‘lgan 1 dona qora rangli fleshka borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Noutbuk va fleshka tekshirilganida unda ko‘plab haydovchilik guvohnomalari, ishonchnomalar va boshqa rasmiy hujjatlar skayner qilinib tayyorlab kelinayotganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Andijon

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing