Andijonda IIBning sobiq xodimlari 5,6 mlrd so‘mni “tuya qildi”

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari M.M. unga nisbatan olib borilgan tergovdan noroziligini bildirgan. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilgan.

Xususan, tergovda fuqaro M.M. va boshqalar tomonidan viloyat IIB depozit hisobidagi jami 5,6 mlrd so‘mlik pul mablag‘i o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Tergov natijasiga ko‘ra, viloyat IIB Moliya ta’minot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari M.M., buxgalteriya hisobi va hisobot bo‘limi sobiq boshlig‘i D.A., IIB MTX sobiq xodimi Sh.M., MIB Andijon shahar bo‘limi sobiq ijrochisi Sh.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” “g” bandlari va boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilingan, ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayblanuvchilarning aybi jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan o‘z tasdig‘ini topgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilib, hozirda sud muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar adliya boshqarmasining (sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi) sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslardan ortiqcha yoki xatolik tufayli ikki marotaba to‘langan 864 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Andijon Ichki ishlar boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing