Andijonda IIB xodimini haqoratlagan erkak qonga belandi
3-sahifa
−
06 may 2023 18287 2 daqiqa
Andijon viloyatida IIB xodimini haqoratlab, qochishga uringan fuqaroning qo‘lini oyna bo‘lagi kesib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, ushbu holat joriy yilning 22 aprel kuni soat taxminan 19:00 larda Asaka tumani Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori leytenant Asaka shahar Boburshoh ko‘chasidagi chorrahada Tez tibbiy yordam mashinasiga yo‘l bermasdan harakatlanayotgan Damas rusumli avtomashinani to‘xtatgan. Leytenant mazkur qoidabuzarlikni rasmiylashtirayotgan vaqtida avtomashinada mast holatda bo‘lgan yo‘lovchi G‘.A. xodimni harakatlariga keskin qarshilik ko‘rsatib, uni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, jamoat tartibini buzgan.
Profilaktika inspektorining chaqiruviga asosan voqea joyiga yetib kelgan post-patrul xizmati xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzayotgan G‘.A.ni Ichki ishlar bo‘limiga yetkazish vaqtida, u xodimlaridan qochishga uringan. G‘.A. shu ko‘chada joylashgan “Sovg‘alar” nomli do‘konga kirib, do‘kon ichkari xonasidagi eshikni ortidan tirab olishga harakat qilgan. Shu vaqtda eshik oynasi sinib, G‘.A.ning boshi va chap qo‘lining bilak qismi kesilib ketgan.
Ortidan yetib kelgan xodimlar tomonidan fuqaro G‘.A. shifoxonaga yetkazilib, unga chap qo‘l bilak yuqori uchligi tirsak bo‘g‘imi ichki tizza sohasi kesilishi oqibatida muskul, poy, qon-tomir va nerv shikastlanishi, bosh qismi chap tomon chakka sohasini kesilgan jarohati, kuchli mastlik holati tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Tekshiruv davomida fuqaro G‘.A.ning tan jarohatlari bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, IIB xodimlarining xatti-harakatlari qonuniyligi yuzasidan viloyat IIBga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Live
Barchasi