Andijonda Gentra urib yuborgan erkak vafot etdi

3-sahifa

image

13 yanvar kuni Andijonda Gentra haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib ketdi. Bu  haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shaharning O‘zbekiston ko‘chasida 24 yoshli haydovchi xususiy korxonaga tegishli Gentra avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 77 yoshli piyodani urib yuborgan. Piyoda zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, bir kundan so‘ng vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing