Andijonda g‘alla maydoni yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 14 iyun kuni Andijon viloyatida g‘alla maydoni yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in viloyatning Izboskan tumani hududida joylashgan “Nurullo saxovati” chorvachilik fermer xo‘jaligida sodir bo‘lib, hodisa oqibatida 8 gektarlik g‘alladan bo‘shagan yer maydonining 1 gektar qismi yonib ketgan.

FVBning qo‘shimcha qilishicha, hozirda hodisaga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va tegishliligi bo‘yicha qonuniy chora ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda g‘alla dalasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon g'alla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made