Andijonda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Shahrixon tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkorga tekshiruvda yordam berishni va’da qilib, 1,5 mln so‘m pora olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Shahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.G. “H.” MCHJ ish yurituvchisi E.K.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasida kelgusida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik yoki tekshiruvchilar kelgan taqdirda masalani uning foydasiga hal qilib berishini aytgan. Mansabdor ushbu xizmatlari evaziga 1,5 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi fuqaroning 31 sotix noturar yer maydonini turarjoy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing