Andijonda erkak 52 ta radarga pnevmatik quroldan o‘q otdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Andijon shahrida 52 ta radar kamerasiga pnevmatik miltiqdan o‘q otgan erkak aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Endi radar jarimalarini to‘lamaslik mumkin bo‘ladi, agar... north_east

Endi radar jarimalarini to‘lamaslik mumkin bo‘ladi, agar...

Ma’lum qilinishicha, 1976 yilda tug‘ilgan M.S. ismli shaxs Andijon shahri hududidagi 29 ta chorrahaga o‘rnatilgan 51 dona Hikvision rusumli yo‘l harakati qoidalari buzilganini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qilish dasturiy-texnik vositalari va 1 dona Hikvision rusumli radar kompleksiga o‘ziga tegishli bo‘lgan SRKET rusumli pnevmatik miltiqdan o‘q otish orqali qasddan shikast yetkazgan. Ish bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jami 1 milliard 147 million so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joriy yilning 15 yanvar kunidan 15 fevral kuniga qadar olib borilgan “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlarida 1 ta jangovar, 21 ta pnevmatik qurol va 7 ta o‘qotar ov miltig‘i hamda 14 dona o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon radar pnevmatik miltiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing