Andijonda elektr podstansiyasi yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 8 oktyabr kuni soat 18:32 da Andijon shahridagi elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimidagi oraliq stansiyada yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Andijon shahar “Paxtakor” MFY Janubiy Paxtakor ko‘chasi hududida joylashgan Andijon Hududiy Elektr tarmoqlariga qarashli “Yoyilma” nimpodstansiyasi hududida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in chiqqan.

Andijon viloyati FVBga yong‘in haqida xabar kelib tushgach, soat 18:34 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:45 da o‘chirilgan.

Xodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deya qo‘shimcha qilingan boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Jondor tumani, “Sho‘robod” MFY, Yangihayot qishlog‘ida joylashgan, hozirda ish faoliyatida bo‘lmagan 3 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Andijon podstantsiya FVB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing