Andijonda elektr korxonasi bosh buxgalteri blogerni kaltaklagani aytilmoqda
3-sahifa
−
23 noyabr 2021
9955Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bloger Fotima Jo‘rayeva kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqalgan. Bu haqda blogerning videomurojaatida aytilgan. Bosh prokuratura Matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, kecha, 22 noyabr kuni bloger Fotima Jo‘rayeva Ulug‘nor tumani IIBga murojaat qilgan.
Fotima Jo‘rayeva o‘z murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisidan o‘zi huquqshunos sifatida ishlab kelayotgan fermer xo‘jaligiga elektr energiyasidan qarzdorlikni sun’iy ravishda oshirilganligi bo‘yicha tegishli hujjatlarni berishini talab qilganligini bildirgan.
Shunda korxona bosh hisobchisi unga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni haqorat qilib qo‘li bilan uni yuziga urganini va qo‘l telefonini sindirib yuborganini bayon qilib, aybdor korxona xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda mazkur murojaat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fotima Jo‘rayevaning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi