Andijonda Damas “peshexod”dan o‘tayotgan 9 yoshli qiz ustiga ag‘darildi
3-sahifa
−
13 noyabr
6614Andijon viloyatida “peshexod”dan o‘tayotgan voyaga yetmagan qiz Damas bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur baxtsiz hodisa joriy yilning 11 noyabr kuni soat 13:10 atrofida Asaka tumanida sodir bo‘lgan. 2015 yilda tug‘ilgan qizni Damas rusumli avtomashina urib yuborgan. Oqibatda o‘quvchi qiz shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, u shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Asaka tumani IIB Tergov bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgandi. Piyodaga markaziy shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ahvoli yaxshiligi sababli o‘quvchiga shifoxonadan ruxsat berilgan.