Andijonda Damas Matiz bilan to‘qnashib, ag‘darildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 22 mart kuni Andijonda Damas va Matiz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada Damas ag‘darilib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 07:35 larda, Andijon shahar, Boburshoh va A.Musayev ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.Yu. boshqaruvidagi Damas rusumli hamda haydovchi 1996 yilda tug‘ilgan B.T. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Zarb oqibatida Damas rusumli avtomobil ag‘darilgan.

Hodisa natijasida, Damas rusumli avtomobil yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing