Andijonda Cobalt maktab hududida qoidabuzarlik sodir etdi
3-sahifa
−
25 may
5064Bugun, 25 may kuni Andijon viloyatida maktab hududida qoidabuzarlik qilgan mashinaga nisbatan qonunda ko‘rilgan tartibda chora ko‘rildi. Mazkur holat yuzasidan viloyat YTXB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 24 may kuni Andijon shahar A.Fitrat ko‘chasida joylashgan 10-maktab oldida, 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.R o‘zining Cobalt rusumli transport vositasini boshqarish davomida, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib, qo‘pol turdagi qoidabuzarlik sodir etgan.
“Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv davomida qoidabuzar haydovchi aniqlanib, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.