Andijonda chaqaloq dori yo‘qligidan komaga tushdimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanilik Z.Zaynobiddinovning joriy yilning 17 iyulda tug‘ilgan jiyani Abdulaziz Isomiddinovga tibbiyot muassasasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmagani tufayli bola komaga tushgani haqida murojaati tarqaldi. 

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur vaziyatni o‘rganib chiqqan. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

“Isomiddinov Abdulaziz joriy yilning 17 iyul kuni Paxtaobod tumani tug‘ruq kompleksida tug‘ilgan. Onasining ushbu chaqaloqqa homiladorlik davri surunkali kamqonlik va homiladorlik toksikozi bilan og‘ir o‘tgan. Shifoxonada tug‘ruq jarayonida va tug‘ruqdan keyin ona-bolaga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Chaqaloq tug‘ruqdan keyin ona suti bilan oziqlantirilgan. Bolaning ahvoli talab darajasida bo‘lgani uchun tug‘ruq majmuasida tegishli emlash muolajalarini barchasini olgan. 22 iyul kuni malakali mutaxassislar ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazilganda bolaning ahvoli qoniqarli baholangan va hudud patronaj hamshirasi N.Ahmedova hamrohligida uyiga ruxsat berilgan.

Biroq, oradan bir oy o‘tmasdan, shu yil 20 avgust kuni bola Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi bolalar shoshilinch reanimatsiya bo‘limiga talvasa tutishi, emishdan bosh tortishga shikoyat bilan olib kelingan. Bemor zudlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, muolaja tayinlangan. Shu bilan bir qatorda, sanitar aviatsiya yo‘nalishida viloyatdagi malakali nevropatolog va okulistlar ham bolani ko‘rikdan o‘tkazgan. Ayni paytda bola reanimatsiya muolajalarini davom ettirayapti.

Shu o‘rinda aytish kerakki, chaqaloqning bunday xastalikka chalinishiga ya’ni, markaziy nerv sistemasida qon aylanishining buzilishiga murojaatda aytilganidek vitamin K olmagani sabab bo‘lmagan. Bunga bolada uy sharoitda ichak infeksiyasi yuzaga kelgani asosiy sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori. Shuning hisobiga qorin sohasida kuchli og‘riq bo‘lgan va talvasa sindromi kuzatilgan. Bu esa dastlabki xulosalarga ko‘ra, miyada qon aylanish sistemasining buzilishini yuzaga keltirgan. Natijada bosh miyada qon bosimi ortib, bolaning ahvoli og‘irlashgan. Ushbu holat bo‘yicha bolaning ota-onasi va qarindoshlariga tushuntirish berildi.

Bundan tashqari, tibbiyot muassasasida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida narkoz uchun ishlatiladigan dori-darmonlar va boshqa zarur shifo vositalari tanqisligi holati aniqlanmadi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi Andijon

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing