Andijonda beshta avtomobil to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 19 aprel kuni soat 09:00 larda Andijon viloyati, Andijon tumanida beshta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, “Qo‘shariq” MFY hududidan o‘tuvchi 4P-116 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida haydovchilar:

1) 2002 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi Lacetti;
2) 1993 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi yana bir Lacetti;
3) 1999 yilda tug‘ilgan Sh.E. boshqaruvidagi Damas;
4) 1987 yilda tug‘ilgan Z.T. boshqaruvidagi Tico;
5) 1986 yilda tug‘ilgan F.Sh. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada Damas avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing