Andijonda bank xodimlari 111 mln pensiya pulini qimorga tikib yubordi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2022
8453Andijon viloyati Buloqboshi tumanida bank xodimlari pensionerlarga berilishi kerak bo‘lgan 111 mln so‘m mablag‘ni o‘zlashtirib yubordi. Ushbu jinoyatni amalga oshirgan ikki xodim qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, dastlab bank filialining pensiya va nafaqalar bilan ishlash sho‘’basining kassiri va buxgalter-nazoratchisi filial binosida joylashgan bankomatdan 4 million 200 ming so‘m pulni olishgan. Ushbu xodimlar o‘z ishini davom ettirib, o‘zlashtirilayotgan pulning miqdorini oshirishadi.
Tumanning Neftchilar mahallasida joylashgan bankomatdan 41 million 800 ming so‘m hamda Shirmonbuloq mahallasida joylashgan bankomatdan 65 million so‘m, jami 111 million so‘m naqd pullarni qo‘lga kiritib, ushbu pullarni zamonaviy qimor o‘yinlariga sarflab yuborishgan.
Tergovga qadar tekshiruvda o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘liq qoplangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.