Andijonda ayol qarindoshi tomonidan pichoqlandi

3-sahifa

image

Andijonda oilaviy janjal bir ayolning boshqa bir ayolni pichoqlashi bilan yakunlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18 iyun kuni soat 18:20 larda, Andijon shahri, “Navro‘z” MFYda yashovchi fuqaro X.M. yashash uyida o‘zining kelinopasi X.G. bilan o‘zaro oilaviy masalada janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan uning ko‘krak qismiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan shu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Andijon

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing