Andijonda 75 dan ortiq itlar o‘ldirilgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 75 dan ortiq daydi itlar otib, zaharlanib o‘ldirilgani aytilmoqda. Bu haqda atrof-muhit muamolarini yoritib boruvchi “Ekologuz” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Unda aytilishicha, bu ishlar yosh bolalar va kattalar ko‘z o‘ngida qilinyapti.

“Hukumat bu masalaga ularni o‘ldirib emas, ularni identifikatsiya, chiplash, vaksinatsiya va sterilizatsiya qilishning zamonaviy yo‘llari orqali yechim topishi mumkin edi. O‘zbekiston Gruziya, Turkiya, davlatlari amaliyotini o‘rganmadi, o‘rganmasa ham kerak. Ammo bu kabi vahshiyona o‘ldirishlar yechim emas”, deyiladi yozib qoldirilgan postda.

Shuningdek, mazkur vaziyatga nisbattan na Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, na vazirlikning viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib chiqqanicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq daydib yurgan itlarni ommaviy ravishda o‘ldirish bo‘yicha Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan topshiriq berilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon it ekologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing