Toshkent viloyatida ommaviy ravishda itlarni o‘ldirishga topshiriq berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tamoqlarda kecha, 14 iyul kuni soat 8:00 dan boshlab Chirchiq shahrida ommaviy ravishda daydib yurgan itlarni o‘ldirish boshlangani haqidagi ma’lumotlar, hayvonlarni o‘ldirish uchun Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan topshiriq berilgani to‘g‘risidagi hujjat rasmlari tarqaldi.

Tarmoqlarda tarqalgan hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Bo‘stonliq, Parkent, Toshkent, Zangiota, Qibray hamda Yuqorichirchiq tuman Obodonlashtirish boshqarmalari tarkibidagi “Nazoratsiz va daydi hayvonlarni tutish” brigadalarining xodimlari hamda ularga ajratilgan mahsus avtotransport vositalari haydovchilari bilan birga, joriy yilning 14 iyul kuni soat 8:00 dan Chirchiq shahriga xizmat safariga yuborilishi talab qilingan. Mazkur hujjat joriy yilning 13 iyul kuni qabul qilingan.

“Chirchiq shahar hududida xizmat vazifalarini olib borish vaqtida barcha texnik xavfsizligiga amal qilgan holda o‘tkazilishiga shaxsan Obodonlashtirish boshqarma boshliqlari mas’ul”, deyilgan Obodonlashtirish bosh boshqarma boshlig‘i A.Akramov tomonidan imzolangan hujjatda eslatma sifatida.


Maqola muallifi

Teglar

itlarni o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar