Andijonda 60 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
06 iyul 2020 14493 1 daqiqa
Bugun, 6 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 123 nafarga ortib, 10143 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
• 60 nafari Andijon viloyatida (shundan 58 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
• 20 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3524 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr