Andijonda 5 yoshli bolani itlar galasi taladi
3-sahifa
−
13 iyul 2023 11934 1 daqiqa
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 5 yashar bolaga itlar galasi hujum qildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat 9 iyul kuni Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 30 yilligi” mahallasida sodir bo‘lgan. Xolasining uyiga mehmonga borgan 5 yoshli bola aholi yashash hududidan uzoqda joylashgan chiqindixona hududda qarovsiz holatda o‘ynayotgan vaqtida itlar galasi hujumiga uchragan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolada o‘ng yuzi, ikkala quloq suprasi, chap o‘mrov sohasi, ko‘krak qafasi orqa yuzasi, ikkala yelka, dumg‘aza sohasida it tishlashi oqibatida orttirilgan jarohatlar aniqlangan.
“Viloyat markazidagi shifoxonada davolanayotgan bolaning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, hushida, o‘zi mustaqil ovqatlanmoqda, harakatlanmoqda. Davolanish jarayonlari viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va tibbiy markaz direktori nazoratiga olingan, bolada quturish alomatlari yo‘q”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025