Ijtimoiy tarmoq: “Andijonda 5 oylik kelinchakni 5 erkak zo‘rladi”

3-sahifa

image

Bugun, 16 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak besh kishi tomonidan zo‘rlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 13 may kuni fuqaro O.O “102” qisqa raqamiga murojaat qilib,  shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani, “Qoraqolpoq” MFYda joylashgan dala shiyponida fuqarolar S.A va O.M. unga nisbatan zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqada bo‘lishganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi  rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to‘laligini ta’minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan qizil qora rangli ayollar ko‘ylagi va boshqa kiyimlari daliliy ashyo tariqasida holislar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon zo'rlash kelin

Baholaganlar

5146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing