Andijonda 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
29 dekabr 2024
6782Andijon viloyatida 5 kishi spirtlik ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22–26 dekabr kunlari Andijon viloyatida 22 kishi O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” nomli konyak iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB Tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.
LiveBarchasi