Andijonda 45 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
13 mart 2023 8445 1 daqiqa
Andijon viloyatida 45 yoshli erkak o‘z qorniga pichoq urib, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 28 fevral kuni Jalaquduq tumani “Ittifoq” mahallasida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan A.E. soat 18:30 larda o‘z uyida qorin sohasiga pichoq urib, joniga qasd qilgan. U tuman tez-tibbiy yordam bo‘limida vafot etgan.
Qayd etilishicha, A.E. yuqoridagi manzilda 2 nafar voyaga yetmagan (2008 y., 2010 y.) qizlari bilan birga yashab kelgan. U turmush o‘rtog‘i bilan 2011 yilda ajrashgan. A.E. 2012 yilda Qozog‘istonga ishlagani ketib, 2020 yilda deportatsiya qilingan. Shundan so‘ng, u O‘zbekistonda kunlik mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanib kelgan hamda ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.
Live
Barchasi