Andijonda 3 ta mashina to‘qnashdi

3-sahifa

image

Andijonda 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Bugun, 21 may kuni soat 06:00 larda Qo‘rg‘ontepa tumani “Qo‘tqar” mahallasi hududida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Ya’ni, “Jiguli 0111”, Spark xamda Niva avtomashinalari haydovchilari tezlik meyorlariga va oraliq masofani saqlash qoidalariga amal qilmasdan boshqaruvni yo‘qotib, to‘qnashuv sodir etgan. 

Ushbu hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jaroxati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashuv Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing