Andijonda 17 yashar qizni poyezd urib ketdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Izboskan tumanida yuk poyezdi 17 yashar qizni urib yubordi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 11 fevral kuni soat 09:57 atrofida sodir bo‘lgan. "Andijon-Qo‘qon" yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd Poytug‘-Kuyganyor peregonida 2003 yilda tug‘ilgan N.Turg‘unovani urib yuborgan. Qiz zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ piyodalarga temir yo‘l va uning atrofi yuqori xavfli zona ekani, ularni kesib o‘tishda yo‘lusti ko‘priklaridan foydalanish kerakligini eslatmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing