Andijonda homilador kelinchak kaltaklanishining tafsilotlari ochiqlandi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
35231Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda homilador kelinchak kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Hodisa Buloqboshi tumanida yuz bergani aytildi.
Videotasvirga qoldirilgan izohda ushbu holat yosh kelinchak erining xiyonat qilganidan xabar topib, uni tuman markazidagi ko‘p qavatli uyga izlab kelganligi va bu yerda homilador kelinchakni ijara uyda islovotxona tashkil qilgan ayol tomonidan kaltaklanganligi bayon qilingan.
Mazkur voqea yuzasidan Andijon viloyati hokimligi rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, mazkur holatga oydinlik kiritish va unga xolis baho berish maqsadida Andijon viloyati IIBning mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, videotasvirdagi jarayonlar joriy yilning 1 avgust kuni soat 11:20 larda Buloqboshi tumani “M.Ismoiliy” MFYda sodir bo‘lgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida Buloqboshi tumani “Soxibkor” MFYda yashovchi fuqaro D.M turmush o‘rtog‘i Sh.M bilan o‘zining Tico rusumli avtomashinasida oyog‘ini shifokorga bog‘latish maqsadida kelib, mashinasini to‘htatgan vaqtida shu ko‘chada yashovchi voyaga yetmagan fuqaro M.X uning mashinasiga turtilib ketgan. Bundan jahli chiqqan fuqaro D.M voyaga yetmagan M.X.ni uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan. Oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin fuqaro D.M o‘zining xatti-harakatlari noto‘g‘riligini xis etib, M.X.dan kechirim so‘rash maqsadida uning yashash uyiga borgan vaqtida M.X.ning onasi M.G‘ fukaro D.M va uning turmush o‘rtog‘i Sh.M.ni yashash uyining oldida uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, urgan.
Bo‘lib o‘tgan holatdan so‘ng, fuqaro M.G‘ shu kunning o‘zida fuqaro D.M.ning yashash xonadoniga borib o‘zining jahlini jilovlay olmasdan ularni urub yuborganligi uchun kechirim so‘ragan. Fuqaro D.M ham o‘zining salbiy xatti-harakatlari uchun shu kunning o‘zida fuqaro M.G‘.ni uyiga borib kechirim so‘ragan.
Ushbu holat yuzasidan 9 avgustga qadar Buloqboshi tumani IIBga hech qanday ariza va shikoyatlar kelib tushmagan.
Buloqboshi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida ushbu videotasvir Buloqboshi tumani “M.Ismoiliy” MFYda yashovchi fuqaro N.E tomonidan internet tarmoqlariga umuman boshqacha tarzda izohlanib, chiqarib yuborilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.