Andijonda haydovchi YPX inspektorini urib, burnini sindirdi
Jamiyat
−
18 iyul 2023
5796Andijon viloyatida haydovchi yo‘l-patrul xizmati xodimini urib, burnini sindirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 iyul kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida YPX inspektori “Labo” rusumli mashinani to‘xtatgan. U tekshirilganda, haydovchining hujjatlarida kamchiliklar bo‘lgani sababli avtomashina jarima maydonchasiga olib borilishi bildirilgan. Bundan norozi bo‘lgan haydovchining jahli chiqib, xodim bilan janjallashgan va uning yuziga musht tushirgan.
Sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, xodimga burun sinishi yopiq tashxisi bilan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2–qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi