Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi ko‘prikka urildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 avgust kuni soat 4:00 larda Andijon tumanida haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigiga urildi. Bu haqda Andijon viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro A.S. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yuk avtomashinasida Andijon tumani Sanoat mahallasi hududidan o‘tgan 4R-116 avtomobil yo‘lining 83-kilometrida harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va temiryo‘l ko‘prigiga borib urilgan. 

Bildirilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida HOWO rusumli yuk avtomashinasi hamda temiryo‘l ko‘prigi zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. 

“Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing