Andijonda Gentra oynasidan tanasini chiqarib, noo‘rin harakatlar qilgan qizga chora ko‘rildi (video)

3-sahifa

image

Andijonda 17 yoshli qiz harakatlanib ketayotgan Gentra rusumli avtomobilning salon qismidan tana qismini chiqarib, ayol kishiga xos bo‘lmagan noo‘rin xatti-harakatlar qildi. Holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Vaziyatga viloyat IIB YHXB Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, kecha, 4 iyun kuni soat 23:50 larda Andijon shahar Milliy tiklanish ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi K.A. o‘zining Gentra rusumli transport vositasini tegishli xujjatlarsiz boshqargan va YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Avtomobilda yo‘lovchi sifatida old o‘rindiqda ketayotgan 2007 yilda tug‘ilgan T.M. esa transport vositasining salon qismidan tana qismini chiqarib, ayol kishiga xos bo‘lmagan noo‘rin xatti-harakatlar qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida qoidabuzar hamda huquqbuzar shaxslar aniqlanib, ularga qonun doirasida tegishli tartibda chora ko‘rilgan va profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatida to‘y kortejida avtomobil lyukidan tanasini chiqarib, pul sochgan shaxsga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing