Andijonda ham hijob kiyib yurgan erkak jazolandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida yuzini burqa bilan to‘sib yurgan erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon shahridagi bolalar bog‘ida Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi erkak ayollarga xos kiyinib, yuzini to‘sib olgani aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini tibbiy niqob bilan to‘sgan holda to‘liq berkitib yurgan erkak ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Mazkur shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1844-moddasi (Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorda ma’muriy jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkent shahrining Chorsu bozorida ayollar kiyimini kiyib olgan erkakka nisbatan BHMning 110 baravari (3 mln 400 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi. Iyul oyida esa Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

hijob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made