Andijon viloyatiga yangi imom-xatib tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov ishtirokida Andijon viloyatida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Mirzamaqsud Xotambekovich Alimov Andijon viloyatining yangi bosh imom-xatibi etib tayinlandi. 

Andijon viloyatining avvalgi bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov joriy yilning avgust oyida Toshkent shahri bosh imom-xatibi etib tayinlangandi.

Mirzamaqsud Xotambekovich Alimov 2017 yil mayidan buyon “Sayyid Muxyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri sifatida ishlab kelayotgandi. 

Mirzamaqsud Alimov 1973 yilda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent islom institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - imom xatib, arab tili mudarrisi, islomshunos.

Mirzamaqsud Alimov 1996-2014 yillarda Jalaquduq tumanidagi So‘fi qishloq jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan, 2006-2017 yillarda Andijon viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari bo‘lgan, 2017 yilning 25 mayida “Sayyid Muxyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon imom-xatib

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing