Andijon viloyati “yashil“ hudud bo‘lish arafasida

Jamiyat

image

Andijon viloyati va Toshkent shahrida jami 17 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 26 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar hamda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (26 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lsa, yana 1 nafari (45 yoshli ayol) Toshkent viloyatidan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 12 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 20 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Farg‘ona, Xorazm va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan, 2 nafari esa Tojikiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 940 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 955 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 426 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyatida tuzalganlarning 2 nafari ham ayol (65 yoshli va 46 yoshli) bo‘lib, Andijon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 169 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun hozirga qadar 17 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 2624 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3261 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing