Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Andijon viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Sanjar Bo‘ronovich Jabborov tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sanjar Bo‘ronovich Jabborov Ichki ishlar vaziri buyrug‘i asosida Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga qo‘yilgan. Bungacha Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimini egallab kelgan polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Po‘lat Bobojonov o‘zidan nima meros qoldirib ketdi north_east

Po‘lat Bobojonov o‘zidan nima meros qoldirib ketdi

Andijon IIBning yangi rahbari Sanjar Jabborov esa 2022 yilning oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 mart kuni 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Uning o‘rniga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Aziz Toshpo‘latov Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. Toshkent shahar IIBBga esa Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev tayinlandi.

Ravshan Sultonxo‘jayevning o‘rniga esa Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan polkovnik Abdumajid Shermuhammedov Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Andijon Sanjar Jabborov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing