Andijon va Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlar vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan yana ikki o‘lim qayd etildi. Mamlakatda rasman e’lon qilingan qurbonlar soni 149 nafarga yetdi. 

Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, 2016 yilda bo‘lgan infarktdan so‘ngi kardioskleroz, gipertoniya, arterial gipertenziya, qandli diabet, diabetik angiopatiya va nefropatiya kabi hamroh xastaliklari bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir bemor Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.Sh. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangan va tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan. Ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir  yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing