Andijon O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan viloyat ekani aytildi
Jamiyat
−
27 may 2022
12556Andijon viloyati O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan viloyat nomini oldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi e’lon qilgan hisobotda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har oyda korrupsiyaga oid islohotlar natijadorligi va aholining korrupsiyaga murosasizligini baholashga qaratilgan reyting baholash ishlari olib borilmoqda. Ushbu reyting baholash ishlari natijalariga ko‘ra, Andijon viloyatida barcha ko‘rsatkichlarda salbiy tendensiya kuzatilmoqda.
Masalan, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir qilish bo‘yicha viloyat o‘tgan 3 oyda eng yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga aholisi korrupsiya bo‘yicha eng ko‘p murojaat qiladigan hududlar ichida Respublikada 1-o‘rinni band etmoqda.
“Ushbu raqamlar ko‘rsatib turibdiki, Andijon viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak”, deyiladi agentlik bayonotida.
Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilda 22 nafar shaxsga nisbatan 18 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan. Ular o‘zlashtirish, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda pora olish kabi jinoyatlarni sodir qilgan.
Mazkur jinoyatlarga qo‘l urganlarning 4 nafari viloyat hokimligi, 18 nafari tuman va shahar hokimliklarining xodimlari hisoblanadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr