Andijon shahriga vaqtinchalik hokim tayinlandi
Jamiyat
−
24 dekabr 2020
5742Andijon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Bahromjon Haydarov sog‘lig‘idagi muammo tufayli ishdan bo‘shatilgan.Uning o‘rniga shaharga vaqtinchalik hokim tayinlangan.
Ayni vaqtda Andijon viloyat hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Ibrohim Holmatov Andijon shahar hokimi etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Bahromjon Haydarov 2019 yil 26 avgust kuni Dilmurod Rahmatullayev o‘rniga shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi