Andijon IIBga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Ilgari Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan polkovnik Abdumajid Mavlonovich Shermuhammedov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 4 sentyabr kuni Andijon viloyatida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida davlat rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash bilan bog‘liq topshiriqlarning ijrosi muhokama qilingan.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ullari, Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari, xalq deputatlari Kengashi a’zolari, shahar va tumanlar jamoatchilik faollari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etgan. Sessiya doirasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, ilgari Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan polkovnik Abdumajid Mavlonovich Shermuhammedov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha va tanqidiy tahlil qilingan. Sohaga oid belgilangan vazifalarning bajarilishiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Rahimjonovich Inoqov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing