“Andijon” futbolchisi faoliyatini Saudiyada davom ettiradi
Sport
−
30 yanvar
2984“Andijon" futbol klubining albaniyalik futbolchisi, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Rubin Hebay faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Oruba” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Albatta, “Andijon” Rubinni sotish niyatida emasdi. Biroq Hebayning xohish va istagidan kelib chiqqan holda mazkur transfer amalga oshirildi”, deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Andijon” Hebay transferidan 200 ming yevro daromad ko‘rgan.
Hozirda “Al-Oruba” Saudiya Arabistoni birinchi divizionida ishtirok etmoqda. Jamoa turnir jadvalida 31 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Hebay o‘tgan mavsumda 27 o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi