Andijon aeroporti muntazam reyslarni tikladi
Jamiyat
−
20 mart
2879Andijon aeroportida rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlanib, muntazam reyslar qayta tiklandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 20 mart kuni Andijon xalqaro aeroporti birinchi US601 yo‘lovchi reysini qabul qilgan. Bortida 63 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 12:13 da qo‘ngan. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan, yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida kutib olingan.
Ma’lumot uchun, Andijon aeroporti aerodrom majmuasini to‘liq rekonstruksiya va modernizatsiya qilish munosabati bilan 2023 yil 1 aprel kuni yopilgan. Aerodrom qoplamasining elementlari – uzunligi 2985 metr va kengligi 44 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘lagi va perroni uzoq xizmat muddati va past yuk ko‘tarish qobiliyati tufayli rekonstruksiya qilinishi talab etilgan va ko‘plab turdagi samolyotlarni qabul qilishda, shuningdek, zamonaviy yoritish tizimining yo‘qligi sababli tungi vaqtda reyslarni qabul qilishda cheklovlar mavjud bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni aeroportda rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlanib, uning doirasida aerodrom majmuasining salmoqli qismi, jumladan, uzunligi 3300 metr va eni 60 metr bo‘lgan 4E toifadagi yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, bitta yurish yo‘lagi va 3 ta samolyot to‘xtash joyiga ega perron qurilishi yakunlangandi.
LiveBarchasi