“Andijon” 4-uchrashuvda ham nursiz durrang qayd etdi

Sport

image

Kecha, 5 noyabr kuni “Andijon” jamoasi OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi doirasidagi 4-tur uchrashuvini o‘tkazdi. Maksim Shatskix shogirdlari “Al Xoldiya” bilan bahsni 0:0 hisobidagi durrang natija bilan yakunladi. Shu tariqa “Andijon” 4-uchrashuvda ham nursiz durrang qayt etdi.

 
“Biz rekord sari boryapmiz. Birinchi o‘rinda 0:0 o‘ynashimiz xursand qilyapti, bu yaxshi. Ikkinchisi, biz bunday o‘yin bo‘lishini kutgan edik. Yigitlarni yaxshi  kunlar kelishiga umid qilib ruhlantirmoqdamiz. Shuningdek, futbolchilar bunday haroratda, bunday maydon va boshqa sabablarga birinchi bor duch kelishmoqda. Yigitlarga ofarin. Kiyim almashtirish xonasida ularga rahmat aytdim. Oxirgi soniyagacha harakat qilishdi. O‘yin bo‘yicha haqqoniy natija bo‘ldi.

 “Arkadag‘” bilan o‘yinda bor kuch va imkoniyatimizni  ishga solamiz. Faqat g‘alaba uchun kurashamiz. Bizning milliy jamoaga nomzodlarimiz bor. Hozirgi paytda ikki nafar yosh o‘yinchilarimiz  U 23 terma jamoasi a’zosi hisoblanishadi”, deydi Maksim Shatskix o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

 
Ma’lumot uchun, ayni damda “Andijon” OFK Chempionlar ligasi 2 musobaqaning ortda qolgan barcha o‘yinlarda bir xil hisob, 0:0 hisobidagi natija qayd etgan. 4 ta durrangdan so‘ng Maksim Shatskix shogirdlari 4 ochko to‘plagan holda “B” guruhida 3-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Maksim Shatskix “Andijon” OFK Chempionlar ligasi 2 “Al Xoldiya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing